description

“Madad” guruhi dehqon va fermerlarga chinakam madad bo‘lmoqda

 

    Paxta hosildorligini oshirish boʻyicha yangi tizim joriy etish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urugʻchilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, oʻgʻitlash va sugʻorish ishlarini yoʻlga qoʻyish orqali paxta-toʻqimachilik sohasida eksport hajmlari va daromadni oshirish bugungi davr talabidir.

    Ob-havo va boshqa omillar tufayli yildan yilga qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini yetishtirishda turli muammolar yuzaga kelnmoqda. Muammoni hal etish choralari ustida olimlar va soha mutaxassislari ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ushbu jarayonda keksa dehqon va agronomlarning tajribalariga tayanib ish koʻrish maqsadga muvofiq. Shunga koʻra, Paxtachilik kengashi Toshkent viloyati ishchi guruhi bilan birga tajribali dexqon va agronomlardan iborat “Madad” guruhi ish boshladi.

    Guruh a’zolari paxta ekilgan maydonlarda joyiga chiqqan holda yillar davomida orttirgan tajribalariga tayanib, tahlillar asosida dehqon va fermerlarga organik va mineral oʻgʻitlarning qoʻllanilishini yaxshilash, zamonaviy biostimulyatorlarni qoʻllash, gʻoʻza kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish boʻyicha samarador preparatlardan foydalanish yuzasidan koʻrsatma va takliflar berishmoqda.

    Bundan tashqari, “Madad” guruhi a’zolari bugungi kunda global iqlim oʻzgarishi fonida Toshkent viloyatida ham suv taqchilligining oldini olish maqsadida paxta yetishtirish jarayonida samarali sugʻorish tizimi va tejamkor texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha koʻrsatmalar berib borishmoqda.

    Guruhning navbatdagi tashrifi Bo‘ka tumani “Sarkor” fermer xo‘jaligiga uyushtirildi va unga Paxtachilik kengashi Toshkent viloyati ishchi guruhi rahbari, Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi direktori Q.Yusupov ham hamrohlik qildi.


Jarayonni batafsil quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin:

https://t.me/Respublika_AKIS/323

Menu