
🌿Buxoro viloyati Romitan tumani Nurafshon hududidagi “Abror Sardor Nokzorlari” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida etefon preparati qo‘llanilishi natijasida ijobiy natijalar kuzatilmoqda.
🌱Mazkur preparat g‘o‘zaning bir maromda pishib yetilishi va ko‘saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kam yo‘qotishlar bilan yig‘ib olish uchun qulay sharoit yaratadi.
🚜 Ayni paytda respublikamizning turli hududlaridagi paxta maydonlarida etefon preparatini belgilangan me’yorlar va agrotexnik tavsiyalar asosida qo‘llash ishlari izchil davom ettirilmoqda.