description

 

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida paxtachilik mavsumining muhim bosqichi boshlandi. Tumandagi ilg‘or xo‘jaliklardan biri — “Zumrad, Ibrat” fermer xo‘jaligi dalalarida ilk paxta ochildi.

☁️Xo‘jalikning 78 gektar maydoniga joriy yil erta bahorda viloyatda birinchilardan bo‘lib Shinjon usulida, qo‘shqator ekish va tomchilatib sug‘orish texnologiyalari asosida chigit ekilgan edi. Bugun ushbu maydonlarning 13 gektarida hosil ochilgani zamonaviy agrotexnologiyalar hamda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilgani amalda o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatmoqda.

🗣Joriy yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida 3 200 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Mavsum yakuniga qadar 17 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetishtirib, davlatga topshirish rejalashtirilgan.

✅Ayni kunlarda “Dolzarb 30 kunlik” doirasida g‘o‘zani mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish, begona o‘tlarni yo‘qotish hamda chilpish ishlari barcha maydonlarda jadallik bilan olib borilmoqda.

Menyu