![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Ayni paytda Buxoro viloyatida ish olib borayotgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi paxta dalalarini o‘rganib, fermerlarga amaliy tavsiyalar bermoqda.
🔗Jumladan, Jondor tumanidagi qator fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlari ko‘zdan kechirilib, bahorgi yomg‘irlardan so‘ng, aprel oxiri – may boshlarida ekilgan kechki paxta dalalarining holati o‘rganildi.
🌱 Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari hamda Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi olimlari tomonidan kechki muddatlarda ekilgan paxtani o‘z vaqtida pishirish, o‘sish va rivojlanishini ta’minlash hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
*️⃣ Shuningdek, o‘z vaqtida ekilgan paxta maydonlari ham ko‘zdan kechirilib, mavjud holatdan kelib chiqib, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fermerlarga tavsiyalar berildi.
❕ Har bir maydonning holatidan kelib chiqib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish — mo‘l paxta hosilining muhim omilidir.