

☁️G‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni ilmiy tavsiyalar asosida, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish ekinning sog‘lom rivojlanishi, hosildorlikni oshirish hamda paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌Shu maqsadda Toshkent viloyatining Piskent tumani I. Xaydarov hududida joylashgan “Xaydarov Shunkoriddin” fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘za parvarishi ilmiy tavsiyalar asosida tashkil etilgan.
🌿Dala maydonlarida g‘o‘za barg orqali mikroelementlar va bor kislotasi eritmasi bilan oziqlantirilmoqda. Ushbu agrotexnik tadbir fotosintez jarayonini faollashtirish, o‘simlikning vegetativ va generativ rivojlanishini muvozanatda ta’minlash, shuningdek, gul hamda ko‘saklarning sifatli shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
📈 Agrotexnik tadbirlarning izchil va sifatli amalga oshirilishi natijasida joriy mavsumda gektaridan 70–80 sentner hosil olish rejalashtirilgan.
✅Ta’kidlash joizki, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng tatbiq etish hamda barcha agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish mo‘l hamda sifatli paxta hosilini yetishtirishning eng muhim omillaridan biridir.