




Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Pop tumanidagi “Abdurahmon ota” fermer xo‘jaligiga qarashli 11 gektarlik g‘o‘za maydonini ko‘zdan kechirdi.
✍️Dalada g‘o‘zaning rivojlanish holati, ko‘saklarning pishib yetilishi va hosilning yig‘im-terimga tayyorgarlik darajasi tahlil qilindi.
ℹ️Mavjud agrotexnik holatdan kelib chiqib, Etefon qo‘llash, undan keyingi bosqichda Avguron preparati bilan ishlov berish masalalari muhokama qilindi.
☁️Xususan, preparatlarni qo‘llashda faqat belgilangan miqdorga emas, balki g‘o‘zaning rivojlanish bosqichi, ko‘saklarning yetilish darajasi, navning biologik xususiyatlari va ob-havo sharoitiga ham e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
🤫Vazir Ibrohim Abdurahmonov fermerga Etefon va defoliatsiya vositalarini o‘z vaqtida va belgilangan me’yorlarda qo‘llash, shuningdek, g‘o‘zani yig‘im-terimga sifatli tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
🤩Shuningdek, hosilni yig‘ib olish jarayonida yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik, defoliatsiya ishlarini samarali tashkil etish hamda dalaning holatidan kelib chiqib keyingi agrotexnik tadbirlarni aniq belgilash yuzasidan zarur vazifalar belgilab berildi.
✅Umuman olganda, daladagi holatni to‘g‘ri baholash va agrotexnik tadbirlarni aynan g‘o‘zaning rivojlanish bosqichiga mos tashkil etish yuqori va sifatli hosilni qisqa muddatda yig‘ib olishda muhim omil hisoblanadi.