![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Paxtachilikda sifat, intizom va ilmiy yondashuv — yuqori hosildorlik garovi
🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, paxta parvarishi holati hamda agrotexnik tadbirlarning borishini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
✅Tashrif davomida vazirga Paxtachilik kengashi a’zolari, vazirlikning tizim tashkilotlari rahbarlari hamrohlik qilmoqda.
📰 Dasturga muvofiq, dastlab Termiz tumanidagi “Qoraxon Yangiariq” hamda “Qoraxon Paxtakor” fermer xo‘jaliklarining paxta dala maydonlari ko‘zdan kechirildi.
🌲 Dalalarda g‘o‘zaning rivojlanish holati, agrotexnik tadbirlarning sifati, sug‘orish, oziqlantirish va zararkunandalarga qarshi kurash ishlari joyida tahlil qilindi.
Vazir o‘z navbatida, Surxondaryo vohasida paxtachilikning boy tajribasi va an’analari mavjudligini ta’kidlab, bugungi iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka erishish uchun agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda va o‘z vaqtida bajarish muhimligini qayd etdi.
🌱 Ayniqsa, g‘o‘zaning har bir rivojlanish bosqichida o‘simlikning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda parvarish yuzasidan amaliy tavsiyalarini berdi.
Shundan so‘ng “Qoraxon Paxtakor” fermer xo‘jaligi dala maydonida tuman fermerlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
➡️ Seminar davomida vazir bevosita daladagi g‘o‘za namunalarini tahlil qilib, o‘simlikning hozirgi holati, hosil elementlari, vegetativ va generativ rivojlanish jarayonlari xususida tushuntirish berdi.
📰 Shuningdek, "Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta qonuni"ning mazmun-mohiyati fermerlarga amaliy misollar orqali tushuntirildi.
🔸 Mazkur tamoyillarga qat’iy amal qilish o‘simlikning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash, oziqa moddalari va suvdan samarali foydalanish, kasallik hamda zararkunandalar xavfini kamaytirish, natijada esa yuqori va sifatli hosil olishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
💬Seminar yakunida fermerlarning savollariga javob berildi, mavjud muammolar yuzasidan tavsiyalar bildirildi hamda har bir dala sharoitidan kelib chiqib agrotexnik tadbirlarni ilmiy tavsiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.