description

Respublika bo‘ylab paxta yig’im-terim mavsumiga tayyorgarlik ishlari avj pallada

Ayni kunlarda paxta yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik ishlari avj pallada. Paxtachilik kengashi a’zolari va Respublika agroxizmatlar markazlari xodimlari ushbu jarayonni nazorat ostiga olib, mavsumga tayyorlik holatlatini monitoring qilishmoqda.
          Fargʻona viloyati Agroxizmatlar markazi direktori R.Qurbonov ham Toshloq tumanidagi “Expo Kollor Prin Teks” MCHJ paxta-toʻqimachilik klasterining paxta qabul qilish maskanida mavsumga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi. Jumladan, elektron tarozining onlayn platformaga integratsiya qilinganligi, hisobga olish daftarlarining yuritilganligi, laboratoriya jihozlarining soz holatda ekanligi va laboratoriya tahlillarining Oʻzbekiston Respublikasining Oʻz DST  615:2008 (texnik shart), Oʻz DST  643:2006 (namuna tanlab olish), Oʻz DST  644:2006 (namlikni aniqlash), Oʻz DST  592:2008 (ifloslikni aniqlash)ga muvofiq  toʻgʻri oʻtkazilishi, maskandagi oʻt oʻchirish vositalarining tayyorligi, paxtani buntlash uchun ishchilar ishga qabul qilinganligi, buntlash maydonchalarning holati, PL va transportyorlar, brezentlar va boshqa jihozlarning mavjudligi hamda soz holatda ekanligi oʻrganilib, masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Menyu