Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida seminar tashkil etildi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida "Xorijiy g‘o‘za navlarini yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalar asosida yetishtirish va sifatli urug‘lik chigit tayyorlash" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislari va hududiy agromaslahatchilar, Paxtachilik kengashi ishchi guruhi a'zolari, Xitoy davlatining "YIMEI GENE SCIENCE AND TECHNOLOGY" LTD kompaniyasining mutaxassislari va tumandagi fermer xo'jaliklari vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda xorijiy go'za navlari va ularning hususiyatlari, urug'lik chigit tayyorlashning o'ziga hos jihatlari, tumanning tuproq-iqlim sharoiti va g'o'za parvarishida qo'llaniladigan samarali preparatlar haqida ishtirokchilarga kerakli ma'lumotlar berildi.