description

Xorijiy chigit ekilgan dala maydonlari kengash rahbari tomonidan monitoring qilinmoqda

 

    Samarqand viloyati paxtachilik kengashi ishchi guruhi rahbari A.Narbayev boshchiligidagi mutaxassislar guruhi xorijiy chigit navlari ekilgan dala maydonlarini ko'zdan kechirishdi. O'rganishda xo‘jaliklarining e’tiboridan chetda qolgan Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi tumanlari dala maydonlaridagi holatlar tekshirildi. Birinchi manzil Ishtixon tumani, Murod Jurayev MMTP “Ishtixon oltin yerlari dalasi” fermer xo‘jaligi bo’ldi. Bu yerda 100 gektar maydonga Xitoyning Xinluzhong-55 navi ekilgan. Chigit ekilgan maydonda o‘t bosgan, dala chetiga ekinlar ekilmagan va dala chetidagi ariqlar betonlashtirilmagan. Kengash tomonidan ushbu holatlarni bartaraf etish uchun mas’ullarga 4 kun muddat berildi.

        Navbatdagi hudud Xitoyning Xinlu Zao-78 navi ekilgan Kattaqo‘rg‘on tumanining Bo‘ston MMTP “Beshturdiyev Sherbek dalasi” fermer xo‘jaligi bo’ldi. Xorijiy nav fermer xo'jaligining 16 gektar maydoniga ekilgan. Bu yerda unib chiqqan ko‘chat dalada o‘t bosganligi sababli umuman ko‘rinmay qolgan. Dala chetiga hech narsa ekilmagan. Kengash tomonidan bu yerdagi mas'ullarga ham 4 kun muddat berildi.

        Huddi shunday kamchiliklar 16 gektar maydonga Xinlu Zao-78 navlari ekilgan Kattaqo‘rg‘on tumani, Bo‘ston MMTP “Og‘abek Tohir dalasi” fermer xo’jaligi, Narpay tumani, Ittifoq MMTP “Chaqar best dalasi” fermer xo’jaligi (6 gektar), Narpay tumani, Islom Shoir MMTP “Zokir bobo dalasi” fermer xo‘jaligi (4 gektar), Paxtachi tumani Shamsi Nazarov MMTP “Osiyo paxtachi abdunazar dalasi” fermer xo‘jaligi (4 gektar) Paxtachi tumani Ro‘ziqul Mahmonov MMTP (7 gektar)da  kuzatildi. Kengash tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, dala chetiga ekinlar ekish, ariqlarni betonlashtirish uchun mas’ullarga 4 kun muddat berildi.

         So’ngi manzil Paxtachi tumani Ro‘ziqul Mahmonov MMTP “Nodirjon Navruzjon Ortiqov dalasi” fermer xo‘jaligi bo’ldi. Bu yerda 7 gektar maydonga Xitoyning Xinlu Zao-78 navi ekilgan. Maydon ijobiy baholandi chunki ekilgan chigitlar to‘liq unib chiqqan va agrotexnik tadbirlar to‘g‘ri amalga oshirilmoqda.

Menyu