description

​​​​​​​

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi “Semrug‘” urug‘chilik fermer xo‘jaligiga qarashli paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik jarayonlar bilan tanishdi.

 Umumiy maydoni 22 gektarni tashkil etuvchi mazkur dalada Hindistondan olib kelingan “Nath-109” navli urug‘lik paxta xorijiy texnologiya asosida 76×10 sxemada qo‘shqator usulida ekilgan.

Dala ko‘zdan kechirilishi chog‘ida vazirga mazkur navni yetishtirish uchun mas’ul bo‘lgan hamda dalada yangicha agrotexnik yondashuvlarni joriy etib kelayotgan hindistonlik mutaxassis hamrohlik qildi.

📈 O‘rganish davomida g‘o‘zaning vegetatsion rivojlanish holati barqaror va qoniqarli ekani, o‘simliklarda ko‘saklarning shakllanishi va yetilishi jarayoni izchil kechayotgani qayd etildi.

🗣Vazir mas’ul mutaxassis bilan suhbat davomida navni sog‘lom yetishtirish va uning hosildorligini oshirish bo‘yicha tegishli talablarni bildirdi.

➕Shuningdek, urug‘lik g‘o‘zani qo‘shimcha oziqa moddalar bilan ta’minlashda ularning turi, miqdori va qo‘llash muddatlariga qat’iy rioya qilish zarurligini alohida ta’kidladi. Sug‘orish jarayonlarini ham agrotexnik talablar asosida tashkil etish muhimligini qayd etdi.

✅Qolaversa, har bir agrotexnik jarayonni muntazam monitoring qilib borish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali yuqori va sifatli hosil olishga erishish zarurligini ta’kidladi.

Menyu