Bo‘larkan-ku! 12-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,4 million tonna paxta yig‘ib olindi.
Bu rejaning 76 foizi degani. E’tiborlisi, hosilning 2,6 million tonnasi, ya’ni 75 foizi mashinalar yordamida terilgan. Birgina bugunning o‘zida texnikalar 147 ming tonna paxta teribdi.
Bir paytlar paxta mavsumi deganda o‘qituvchiyu shifokorlar, talabalarning dalaga chiqarilishi, terimning qishning izg‘irin kunlarigacha cho‘zilishi ko‘z oldimizga kelardi. Endi esa bu ishni asosan texnikalar bajaryapti.
Majburiy mehnatga emas, mexanizatsiyaga tayanishning real natijasini, mana, raqamlarda ko‘ryapmiz.