description

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida “5 million tonnadan ziyod paxta hosili — Yangi O‘zbekistonning tarixiy g‘alabasi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Anjuman Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilmoqda.

Anjumanda joriy yilda paxtachilik sohasida erishilgan natijalar, hosildorlikni oshirish borasida amalga oshirilgan islohotlar, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda urug‘chilik tizimidagi yangilanishlar haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.

  • Joy: Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi
  • Mavzu: “5 million tonnadan ziyod paxta hosili — Yangi O‘zbekistonning tarixiy g‘alabasi”
  • Rahbarlik: Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov

Menyu