description

50–60 sentner hosil: Xatirchida paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik.

Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Zarafshon hududidagi “Abdulaziz Ma’rufjon” fermer xo‘jaligida 28 gektar maydonda xorijiy “Xin Lu Zao-83” navi 76×10 qo‘shqator sxemasida, tomchilatib sug‘orish usulida yetishtirilmoqda.

Bugungi kunda maydonda hosildorlik gektariga 50–60 sentnerni tashkil etmoqda. Etifon va Auguron defoliantlari bilan o‘z vaqtida ishlov berilishi natijasida ko‘saklarning 98–100 foizi ochilgan.

Paxta hosilini qisqa muddatda va kam yo‘qotishlar bilan yig‘ib olish maqsadida dala boshlaridan 10–12 metr kenglikda paxtani oldindan terib olish, g‘o‘zapoyalarni o‘rish hamda paxta terish kombaynlarining erkin qayrilishi uchun maydonchalar tayyorlash bo‘yicha Paxtachilik kengashi ishchi guruhi mutaxassislari tomonidan tavsiyalar berildi. Mazkur tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi paxta terish mashinalarining ish unumdorligini 15 foizgacha oshirish imkonini beradi.

  • Hudud: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Zarafshon hududi
  • Xo‘jalik: “Abdulaziz Ma’rufjon” fermer xo‘jaligi
  • Maydon: 28 gektar
  • Nav: “Xin Lu Zao-83”
  • Ekish sxemasi: 76×10 qo‘shqator, tomchilatib sug‘orish
  • Hosildorlik: gektariga 50–60 sentner
  • Ko‘sak ochilishi: 98–100 foiz

Menyu