Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi Mustaqillik SIU hududida joylashgan “Tursunqul ota” fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.
Terim jarayonlari zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida amalga oshirilmoqda. Bu esa hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va samarali yig‘ib olish imkonini bermoqda.