“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida “Shinjon” usuli: arnasoylik dehqonlar paxtadan yuqori hosil kutmoqda sarlavhasi ostida maxsus lavha efirga uzatildi.
Unda Jizzax viloyati Arnasoy tumanida Xitoyning “Shinjon” usuli asosida paxta yetishtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash va yuqori hosildorlikka erishish borasida olib borilayotgan ishlar yoritildi.
Shuningdek, mazkur usulning o‘ziga xos jihatlari, paxta parvarishida qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlar hamda arnasoylik dehqonlarning paxtadan mo‘l hosil olish borasidagi tajribasi haqida ma’lumot berilgan.