Azot sarfi kamaydi, paxta hosili bir tekis ochilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi paxta dalasida mahalliy “Porloq-4” navi yangi agrotexnologiyalar asosida parvarish qilinmoqda.
E’tiborli jihati, mazkur maydonda azotli o‘g‘itlardan foydalanish hajmi sezilarli darajada kamaytirildi. Ilgari gektariga 800–900 kg azotli o‘g‘it sarflangan bo‘lsa, yangi agrotexnologiyaga muvofiq bu ko‘rsatkich 290 kgni tashkil etdi.
Shuningdek, paxta dalasida etifon va augron preparatlarining o‘z vaqtida qo‘llanilishi natijasida ko‘saklarning bir tekis ochilishiga erishilmoqda.
Bu tajriba paxtachilikda resurslardan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hosildorlik hamda hosilni yig‘ib olish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini namoyon etmoqda.