description

Butunjahon paxta kuni: paxtachilikda ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi.

Bugun, 7-oktabr — Butunjahon paxta kuni. Mazkur sana paxtaning jahon qishloq xo‘jaligi va yengil sanoatidagi muhim o‘rnini e’tirof etish barobarida, paxtachilikda zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni keng joriy etish zaruratini ham eslatadi. O‘zbekiston uchun paxtachilik nafaqat muhim agrar yo‘nalish, balki ilmiy salohiyat, seleksiya va urug‘chilik, zamonaviy agrotexnologiyalar hamda ishlab chiqarish tajribasi uyg‘unligini talab qiladigan strategik sohalardan biridir.

Bugungi sharoitda Paxtachilik kengashining asosiy vazifalaridan biri — paxtachilik sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni ta’minlash, mavjud ilmiy ishlanmalarni amaliyotga samarali tatbiq etish va tarmoq rivojiga xizmat qiluvchi takliflarni shakllantirishdir. Kengash tomonidan hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos paxta navlarini tanlash, seleksiya va urug‘chilik yo‘nalishlarini takomillashtirish, yuqori hosildor va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan navlarni keng joriy etish, ilg‘or agrotexnologiyalarni ommalashtirish hamda sohaga oid muammolarni ilmiy-amaliy asosda hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda mutaxassislar, olimlar, seleksionerlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Butunjahon paxta kuni munosabati bilan Paxtachilik kengashi sohada faoliyat yuritayotgan barcha olimlar, mutaxassislar, seleksionerlar, urug‘chilar va paxta yetishtiruvchilarni samimiy muborakbod etadi. Kengash bundan buyon ham ilmiy salohiyatni ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash hamda paxtachilikning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi amaliy tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratadi.

  • Sana: 7-oktabr — Butunjahon paxta kuni

Menyu