description

Cho‘l bag‘rida yangi imkoniyatlar: sho‘rlangan yerlarda paxtaning yangi navlari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizda paxta yetishtirish bo‘yicha 5 million tonnalik marraga erishilgan bir paytda, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi «Merganteks» agroklasteri dalalarida urug‘lik paxta terimi boshlanganini ko‘rdik.

Ma’lumki, urug‘lik paxta chigitning to‘liq yetilishi va sifatli urug‘lik materialini olish maqsadida kechroq teriladi. Qorako‘ldagi tajribalarda esa qumli, kuchli sho‘rlangan va jazirama issiq sharoitga chidamli yangi paxta navlari sinovdan o‘tkazilib, ularning urug‘chiligini mamlakatimizda yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Hududning murakkab tabiiy-iqlim sharoitida yangi navlarning o‘sishi va hosildorligi o‘rganilishi bilan birga, yangi yerlarni o‘zlashtirish va ularda paxta yetishtirish bo‘yicha ham olib borilayotgan tajribalar ko‘rib chiqildi.

Bu kabi ishlar ilmiy yondashuv, seleksiya yutuqlari va zamonaviy agrotexnologiyalar asosida foydalanishdan chiqqan cho‘l va sho‘rlangan yerlarni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga qaytarish, yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha belgilangan vazifalarga hamohangdir.

Zero, Qorako‘l dalalarida olib borilayotgan tajribalar kelgusida noqulay tabiiy sharoitlarga chidamli paxta navlarini ko‘paytirish, milliy seleksiya salohiyatini mustahkamlash va foydalanishdan chiqqan yerlarni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga qaytarish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatli.

  • Hudud: Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani
  • Klaster: «Merganteks» agroklasteri
  • Jarayon: urug‘lik paxta terimi
  • Sinov: qumli, kuchli sho‘rlangan va jazirama issiqqa chidamli yangi navlar

Menyu