Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Karmana Aziz istiqboli” fermer xo‘jaligining 51,1 gektar xorijiy nav ekilgan g‘o‘za maydonida agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirildi.
Jumladan, g‘o‘zaning bir maromda pishib yetilishi va ko‘saklarning ochilish jarayonini jadallashtirish maqsadida kimyoviy preparatlar belgilangan me’yor hamda agrotexnik tavsiyalar asosida qo‘llanildi.
Ayni paytda fermer xo‘jaligining paxta maydonlarida hosilni yig‘ib-terib olish ishlari boshlandi. Terim jarayoni yuqori unumdor zamonaviy paxta terish kombaynlari yordamida amalga oshirilmoqda. Bu esa hosilni qisqa muddatda, sifatli va kam yo‘qotishlar bilan yig‘ib olish imkonini bermoqda.
Viloyat Paxtachilik kengashi ishchi guruhi mutaxassislari tomonidan mavsum davomida g‘o‘zani parvarishlash bo‘yicha berib borilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar hamda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilgani natijasida dalalarda yuqori hosil shakllandi.