description

Joriy yilda 8-qonun asosida parvarishlangan mahalliy navimiz “Ravnaq-1”ning hosili kutilganidan ham yuqori bo‘ldi — bugungi kunga kelib har gektardan 70 sentnerdan hosil kutilmoqda.

Ilmiy jamoamiz tomonidan yaratilgan mazkur nav yuqori hosildorligi, kasalliklarga chidamliligi va iqlim sharoitiga mosligi bilan ajralib turadi.

Bu navning ko‘sak qurti va gerbitsidga chidamli yangi avlodlari ham tayyor bo‘lmoqda — tez orada fermerlarga yetkaziladi.

Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy urug‘chilikning xorijiy navlar bilan bemalol raqobatlasha olishini yaqqol isbotlab, paxtachilikda import o‘rnini bosuvchi yondashuvga mustahkam zamin yaratmoqda.

Darvoqe, “Ravnaq” navlar seriyasi dunyoda birinchi bo‘lib DNK markerlari asosidagi seleksiya (MAS) natijasidir.

  • Nav — mahalliy “Ravnaq-1”
  • Hudud — Xorazm viloyati
  • Kutilayotgan hosil — gektaridan 70 sentner
  • Afzalliklari — yuqori hosildorlik, kasalliklarga chidamlilik, iqlimga moslik
  • Seleksiya usuli — DNK markerlari asosidagi seleksiya (MAS)

Menyu