Mavsumga puxta tayyorgarlik ko’rish – yuqori natijadorlik demak
Qishloq xo’jaligi vaziri, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyati “Bekobod” agroklasteriga qarashli “Oybek” paxta qabul qilish maskanida bo‘ldi. Bu yerda joriy yil hosili uchun ekilishi rejalashtirilayotgan urug‘lik zahirasi ko‘zdan kechirildi.
Joriy yil hududda paxta, sholi va makkajo‘xori ekish ishlari yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, g‘alla va dukkakli ekinlar navlarining taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, S-8290, Sulton va xorijiy paxta navlarining hosildorligi hamda ularning iqlim va tuproq sharoitiga mosligi muhokama qilindi.