Mirzacho‘lda paxta terimi: dalalarda texnikalar tunu kun harakatda.
Mirzacho‘l tumanida 2026-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlari jadal davom etmoqda. Joriy mavsumda tumanda 12,5 ming gektar maydonda paxta yetishtirilib, 66 ming tonna hosil olish rejalashtirilgan.
Hosilni qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish maqsadida terim jarayonlariga 46 ta zamonaviy paxta terish mashinasi, 500 ta paxta tashish texnikasi hamda boshqa zarur texnikalar jalb etilgan. Ayni paytda dalalarda ish qizg‘in. Tungi vaqtda ham paxta terish texnikalari uzluksiz faoliyat yuritib, yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olishga xizmat qilmoqda.
Asosiy maqsad — hosilni nobudgarchiliksiz yig‘ib, yuqori natijaga erishish.