description

Namangan viloyatida xorijiy “XinLuZao-78” gʻoʻza navi ekilgan maydonlar monitoring qilindi


    Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan gʻoʻzaning “XinLuZao-78” xorijiy navi ekilgan maydonlar viloyat Agroxizmatlar markazi direktori O.Karimxodjayev hamda tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchiligida monitoring qilindi. 

    Toʻraqoʻrgʻon tumanida 31 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 412 gektar maydonga gʻoʻzaning “XinLuZao-78” xorijiy navi ekilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 6,5 marta gʻoʻza qator oralariga ishlov berilgan, 5,2 marta bargidan oziqlantirilgan hamda 412 gektar maydonlarda 2-azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish ishlari amalga oshirilgan. Buning natijasida, parvarish qilinayotgan 412 gektar maydonlarning 30 foizi shonalash, 40 foizi gullash va 30 foizi 1-2 ko‘sak fazasida rivojlanmoqda.

    Shuningdek, oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha oʻrganilgan fermer xoʻjaliklarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va bugungi kunda amalga oshirilishi muhim boʻlgan agrotexnik tadbirlar yuzasidan tavsilar berildi.

Menyu