description

Navbahor tumanida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.

Navoiy viloyati Navbahor tumanida paxta yig‘im-terim ishlari yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Jumladan, tumanning Navbahor hududida joylashgan “Alfa Alanga” fermer xo‘jaligining 37,6 gektarlik paxta maydonida xorijiy seleksiyaga mansub “JIN KEN-1402” navi 76×10 ekish sxemasi asosida parvarishlangan.

Mazkur maydonlarda g‘o‘zani parvarishlash bo‘yicha zarur agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirildi. Paxta maydonlariga etefon va avguron defoliantlari bilan ishlov berilishi natijasida ko‘saklar to‘liq ochilib, hosil terimga tayyor holatga keltirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gektaridan 70–80 sentner hosil olish kutilmoqda.

  • Hudud: Navoiy viloyati, Navbahor tumani
  • Xo‘jalik: “Alfa Alanga” fermer xo‘jaligi
  • Maydon: 37,6 gektar
  • Nav: “JIN KEN-1402”
  • Ekish sxemasi: 76×10
  • Kutilayotgan hosildorlik: gektariga 70–80 sentner

Menyu