O‘zbekiston paxtachiligi qanday o‘zgardi va bu haqda dunyoda nima deyishmoqda.
Jahon paxta kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bu yil Toshkentda o‘tdi. Unda xalqaro tashkilotlar va 30 dan ortiq davlat delegatlari sohadagi yangiliklar, xususan O‘zbekistonda hosildorlik keskin oshganini muhokama qildi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov buni “5D” tamoyili va 8 ta qoida bilan tushuntirdi.
Xalqaro tashkilotlar natijani yuqori baholadi, ammo hosildorlik bilan birga eng asosiysi qo‘shilgan qiymatning oshishi muhimligini qayd etdi.