Paxtadan farovonlikka: 7-oktabr kuni Toshkentda kutamiz!
2026-yil 7-oktabrda Toshkentda Butunjahon paxta kunining rasmiy tadbiri o‘tkaziladi. Paxtakorlar, to‘qimachilar, olimlar, tadbirkorlar, xaridorlar va xalqaro tashkilotlar vakillari tajriba almashish hamda yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun uchrashadi.
Hurmatli fermerlar, klaster rahbarlari, to‘qimachilar va yosh mutaxassislar! Sizlarni ushbu muloqotda ishtirok etishga taklif etaman. Daladagi tajribangiz, ishlab chiqarishdagi yechimlaringiz va takliflaringizni ulashing. Fermer mehnatidan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan har bir bosqichda ko‘proq qiymat yaratish yo‘llarini birgalikda muhokama qilaylik!
Ishtirok bepul va barcha uchun ochiq. Ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki dastur bilan tanishish uchun Xalqaro paxta maslahat qo‘mitasi — ICAC e’lonidagi havoladan foydalanish mumkin.
Tadbirga kela olmaydigan hamkasblarimizni ham 7-oktabr kuni o‘z sahifalarida paxtakorlar va to‘qimachilar mehnati, tajribasi hamda tashabbuslari haqida hikoya qilishga chaqiraman.
Paxtadan ko‘proq qiymat, mehnatdan munosib daromad, hamkorlikdan yangi imkoniyatlar yarataylik!