Pishishni boshqaring, hosilni asrang!
17-sentabr. O‘xshash muddatda ekilgan ushbu dalalarda farq yaqqol: uch pog‘onali pishishni boshqarish dasturi qo‘llangan maydonlarda ko‘saklar qiyg‘os ochilgan, qo‘llanmaganlarida esa ko‘plab ko‘saklar hali ochilmagan.
Fermerlar, dalangizni agronom bilan baholang. Har bir tadbirni o‘z vaqtida bajarib, yillik mehnatingizni asrang!