Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Musayeva Zarifa” fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning “Sulton” navi yuqori agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda.
Fermer xo‘jaligining 32 gektar maydoniga g‘o‘za “Shinjon” texnologiyasi asosida, qo‘shqator usulida 76×10 sxemada ekilgan.
Fermer G‘ulomjon Musayevning ta’kidlashicha, joriy mavsumda har gektardan 60 sentnergacha paxta hosili olish rejalashtirilgan.
Ayni paytda dalada hosilni yig‘ib-terib olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.