Pokistonlik olimlar O‘zbekiston paxtachilik tajribasini Pokiston uchun ham o‘rganishga arzigulik model sifatida e’tirof etdi.
Pokistonlik bir guruh olimlar O‘zbekiston va Pokistonning paxtachilik tajribasini qiyosiy o‘rganib, ilmiy maqola chop etdi.
Tadqiqot mualliflari O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni faqat texnologiyalar bilan izohlamaydi. Ularning fikricha, paxtachilikdagi natijalarga ilm-fan, ishlab chiqarish, fermerlar, klasterlar va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning o‘zaro uyg‘unligi ham muhim ta’sir ko‘rsatgan.
Ular Pokistonda paxtachilikni rivojlantirish uchun suvni tejash, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, mexanizatsiyani rivojlantirish, raqamlashtirish va ilm-fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda.