Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Navoiy viloyatida bo‘ldi
Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligi bilan tanishish maqsadida vazir Ibrohim Abdurahmonov Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrifning hududi lokatsiyasi Karmana tumani "Lochin" fermer xo‘jaligi paxta dalasi bo'ldi. 28 gektar maydonni egallagan hududda tindirilgan "Buxoro 102" mahalliy navi ekilgan bo‘lib, hosil bo‘liq ochilgan. Bu yerda vazir dastlab g‘o‘zaning vegetativ holatini ko‘zdan kechirar ekan, shu kungacha ko‘rsatilgan agrotexnik tadbirlar jarayoni va xo‘jalik mehnat jamoasining kelgusi harakatlar rejasi bilan qiziqdi. Dala maydonlarini ko‘zdan kechirgan vazir agrotexnik tadbirlarning yaxshi darajada bajarilganligi, fermer xo‘jaligiga qarashli ikkala dalda maydonidagi g‘alla hamda paxtaning holati a’lo darajada ekanini e’tirof etdi. Mazkur hududga yondosh fermer xo‘jaligida ekilgan paxtalar ham ayni hudud bilan bir xil. "Istiqbol" fermer xo‘jaligiga qarashli ushbu hududning 20 gektar qismida ham "Buxoro 102" navi ekilgan. Vazir o‘z navbatida, har ikki dalada ham agrotexnik tadbirlarni kechiktirib bo‘lmas darajada amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Keyingi manzil Karmana tumanidagi "Firdavsdek Marjona" fermer xo‘jaligida bo‘ldi. Ushbu fermer xo‘jaligiga qarashli 40 gektarlik dala maydoniga "S-01" ekilgan bo‘lib, bugungi kunda yangi, istiqbolli nav sifatida sinovdan o‘tkazilmoqda. Aytish kerak, ushbu nav umumiy hisobda 4,5 ming gektar maydonga ekilgan. Vazir dastlab g‘o‘zaning vegetativ holatini ko‘zdan kechirar ekan, shu kungacha ko‘rsatilgan agrotexnik tadbirlar jarayoni va xo‘jalik mehnat jamoasining kelgusi harakatlar rejasi bilan qiziqdi. Mazkur hududda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilgani, g‘o‘zaning vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borilgani va ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida amalga oshirilgani o‘z natijasini ko‘rsatgan. Vazir o‘z navbatida kelgusida ushbu istiqbolli navni qo‘shqator usulida ekkan holda umumiy 4,5 ming gektarlik ko‘rsatgichni 40 ming gektarga yetkazish taklifini berdi.