Qorako‘l tumanida Zhonmaghsou-88 navli g‘o‘zadan yuqori hosil kutilmoqda.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Shukrillo Urinov” fermer xo‘jaligida Zhonmaghsou-88 navli g‘o‘za ekilgan paxta maydonlaridan yuqori hosil kutilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur maydonlardan gektaridan 90–100 sentnergacha hosil olish prognoz qilinmoqda.
Ushbu natijalar paxtachilikda ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash, sifatli urug‘likdan foydalanish va ekinlarni parvarishlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.