Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani paxta dalalarining bugungi holati.
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi “Global Textile” klasteriga qarashli paxta dalasida Xitoy seleksiyasiga mansub g‘o‘za navi yetishtirilmoqda.
Mazkur maydonda g‘o‘za Shinjon agrotexnologiyasi asosida qo‘shqator usulda, 76/10 sxemada parvarishlangan. Shuningdek, hosilni bir maromda pishib yetiltirish va ko‘saklarning ochilishini tezlashtirish maqsadida etifon hamda augron preparatlari qo‘llanilgan. Ayni paytda ushbu maydondan gektariga 60 sentnerdan ortiq hosil olish kutilmoqda.