Samarqandda paxta maydonlarining holati o‘rganilmoqda.
Samarqand viloyatining Ishtixon, Narpay, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlaridagi paxta maydonlarida Respublika Paxtachilik kengashi vakillari tomonidan ekinlarning holati, qo‘llanilayotgan agrotexnologiyalar hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari o‘rganilmoqda.
Mazkur maydonlarda ekilgan MG-02 va MG-26 otalik va onalik navlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan taqdim etilgan.
Dala sharoitida olib borilayotgan kuzatuvlar asosida paxta yetishtirish jarayonida zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga amaliy tavsiyalar berilmoqda.