Tavsiyalar amalda: paxta dalalarida yuqori samaradorlik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan ilgari surilgan tavsiyalar — etifon va Augron preparatlarini qo‘llash, shuningdek, desikatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish o‘z samarasini bermoqda.
Buning natijasida paxta hosilining bir tekis va qiyg‘os ochilishi, hosildorlikning oshishi kuzatilmoqda.
Xususan, videoda ko‘rib turganingiz — Namangan viloyati, Namangan tumani, “Toshbuloq teks” fermer xo‘jaligidagi paxta dalasi. Dalada chigitlar bir maromda ochilib, mo‘l hosilni terib olish uchun qulay sharoit yaratilgan.