5-qonun — paxtani pishirish.
Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning ta’kidlashicha, paxtadan yuqori hosil olish uchun g‘o‘zani o‘z vaqtida pishitish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda 1-avgust kuni Etefon gormoni qo‘llanib, g‘o‘zaning pishish jarayoni jadallashtirildi hamda o‘simlik “qaritildi”.
Natijada o‘simlikdagi mavjud ko‘saklar to‘liq yetildi, hosil nobud bo‘lishining oldi olindi va paxtaning hosildorligi sezilarli oshdi.
O‘z vaqtida pishitilgan g‘o‘za — yuqori hosilning muhim omillaridan biridir.