Zarbdorda paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.
Zarbdor tumanida 2026-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlari boshlab yuborildi. Ayni kunlarda dalalarda yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nobud qilmasdan yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tumanning Koriz xo‘jaligi hududida faoliyat yurituvchi “Abduvali ota” fermer xo‘jaligida ham paxta yig‘im-terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.