description

Paxta qabul qilish maskanlari paxtani qabul qilishga tayyormi

    9-10-sentyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi paxtachilik kengashining Samarqand viloyati ishchi guruhi tomonidan Pasdargʻom, Paxtachi, Ishtixon, Narpay, Payariq tumanlarida paxta qabul qilish maskanlarining paxta yig'im-terim mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganildi. 

 Joylardagi elektron tarozining onlayn platformaga integratsiya qilinganligi, hisobga olish daftarlarining mavjudligi, laboratoriya jihozlarining aniq “klass tochnost”i soz holatda ekanligi, maskandagi oʻt oʻchirish vositalarining tayyorligi, paxtani buntlash uchun ishchilar ishga qabul qilinganligi, buntlash maydonchalarning holati, PL va transportyorlar, brezentlar, gʻaram maydonlari, elektro shkaf (shom)lar, yoritish projektorlari, motopompalar, suv nasoslari, suv xavzalari, RB, RBX gʻaram buzgich, havo surish ventilyatorlari va boshqa jihozlarning mavjudligi hamda ularning soz holatda ekanligi oʻrganildi. O'rganish natijasiga ko'ra, masʼullarga tegishlicha yoʻnalish va ko'rsatmalar berildi.

 

Menyu